O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashida partiya deputatlik guruhi a’zolari, tuman va shahar partiya Kengashlari apparat rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish doirasida Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va ushbu yo‘nalishda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
Mazkur jamoatchilik eshituvida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Dadajanov faol ishtirok etdi. U sohaga mas’ul mutasaddilarga tegishli savollar bilan murojaat qilib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirdi.