Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
"XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA"

 O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti tuman hokimligi bilan hamkorlikda " deputat mahallada" loyihasi
doirasida tumandagi
Toshloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Barkamol avlod bolalar ijodiyot maktabida ustozlar va yoshlar ishtirokida ayollar huquqiy bilimlarini oshirish oyligi munosabati bilan "Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.  

Davra suhbatida so‘zga chiqqan notiqlar tomonidan "Yangi O‘zbekistonda- el aziz, inson aziz" ezgu g‘oyadan kelib chiqib mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jumladan, qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilayotganligi, aholining farovon turmush sharoitini yanada yaxshilash barobarida ularni bandligini ta’minlash, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar, qolaversa Ayollar daftariga kiritilgan kam ta’minlangan ayollarga yaratib berilayotgan imtiyozlar va sharoitlarni qonunchilik bilan mustaxkamlab qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. 

 Tadbirda ishtirokchilar tomonidan hududdagi ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan qilingan murojaatlar ko‘rib chiqilib, tegishli mutassaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, natijasi nazoratga olindi. 

T.Soliyev. O‘zbekiston XDP tuman tashkiloti raisi, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi.  

Slide 1 of 3