Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Shuxratbek Soliyev saylovchilar bilan uchrashib, aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Yoshlar bandligini ta’minlash – dolzarb masala
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Sh.Mamarizayev tomonidan saylov okrugi “Ko‘hinur” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan “Deputat qabuli” o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Dusmatova tomonidan o‘z saylov okrugi “Guzar” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun belgilangan jadval asosida “Deputat qabuli” o‘tkazildi.
янв.21
Xalq derutatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva o‘z saylov okrugi “Maorif” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan jadval asosida deputat qabuli o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining XVIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Belgilangan jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tomonidan saylov okrugi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni murojaatlari o'rganildi
янв.21
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etilmoqda
Uch avlod uchrashuvi

Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati T.Niyazov tashabbusi bilan “Yangihayot” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda keksa avlod vakillari, o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida nuroniylar yoshlarga milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va ezgu amallarga da’vat etuvchi fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Shuningdek, tadbirda so‘zga
chiqqanlar yoshlarni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol bo‘lishga, tabiatni asrash va atrof-muhitni toza saqlashda tashabbuskor bo‘lishga chorladilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh avlodni kattalar hayotiy tajribasidan bahramand etish, ulug‘larning nasihatlaridan ibrat olish va ota-bobolar an’analarini ulug‘lashdan iborat bo‘ldi. Tadbirda tashkil etilgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.
  

Slide 1 of 3