O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashiga 19-Istiqlol saylov okrugi saylangan deputat Hayitova Dilorom o‘z saylov okrugida joylashgan “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 70-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berdi. Uchrashuv jarayonida saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Tegishli idora va tashkilotlar vakillarining ishtirokida aksariyat muammolar shu yerning o‘zida hal etilib, mutasaddilarga kerakli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida 70 -umumiy o‘rta taʼlim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida maktab binosining isitish tizimi, deraza va eshiklarning holati, o‘quv xonalarining sharoiti hamda xavfsizlik
choralariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.