Oltinsoy tumanida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari izchil davom etmoqda. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna tashabbusi bilan Oltinsoy tuman hududidagi 7-sonli umumta’lim maktablari va 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarga o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganish jarayonining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarining sovuq mavsumga tayyorlik darajasini baholash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iboratdir.
✅ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati