2025-yilning 19-noyabr kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashiga 12-Jasorat saylov okrugidan saylangan deputat Baxranova Dilafruz To‘ymurodovna hamdaZarafshon shahar hokimining oʻrinbosari Oripov Xurshid tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida “Bahor” MFYda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazishdi. Qabul davomida fuqarolarning bandligi ta'minlash, davolanishga ko‘mak berish va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.