Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari H.Ernafasov, R.Nurnazarov hamda Zarafshon shahar davlat sanitariya epidemiologiya shifokor yordamchisi G.Xolovalar tomonidan Zarafshon shahridagi 1, 11 -sonli DMTT larda oziq-ovqat sifati, bolalar ratsioni uchun tayyorlanadigan ovqatlar ahvoli va mahsulotlar yaroqliligini o‘rganishdi. O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining”Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi ko‘rib chiqildi.