Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Yalg‘ashboy Shamuratov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi-Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Ulug‘bek Abdurahmanov va boshqa kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbirda o‘zlarining fidoyi mehnatlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan bir guruh kasaba uyushma faollari va xodimlariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.