🔹Muzokaralarga boy bo‘lgan qabulda “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi, fuqarolarning ijtimoiy muammolari yuzasidan murojaatlari tinglandi. Shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Uchrashuv davomida shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–71-sonli Farmonining 11–27-moddalari mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilindi.
Xalq deputatlari Jondor tumani kengashi kotibiyati