QASHQADARYO-YANGI TAJRIBALAR MAYDONI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, mahalliy Kengashlar faoliyatida o‘zaro tajriba almashish maqsadida Qashqadaryo viloyatida Navoiy viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarda olib borilayotgan ishlar, deputatlarning mahalliy muammolarni hal etishdagi tashabbuslari va ilg‘or tajribalar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashilmoqda.