⚡️ Tuman Kengashi deputati U.Go‘baeva tomonidan Yangiariq maxalla faollari va axolisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish
ishlari o‘rganildi.
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash holati ko‘rib chiqildi.
Deputat mahalla aholisi bilan yaqin muloqotda bo‘lib, ularning taklif va muammolarini eshitdi hamda hududni yanada obodonlashtirish, aholiga
keng qo‘layliklar yaratish uchun birgalikda ishlashga chaqirdi.
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi