Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputatlari M.To‘ychiyeva hamda B.Soliyevalar Bog‘i eram mahallasida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat tartibida o‘rgandilar.
янв.21
Deputatga yuborilgan murojaatlar mas’ullar bilan birga joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
янв.21
"DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA"
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish yuzasidan nazorat-tartibida o‘rganildi
янв.21
"DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA"
янв.21
Qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doimiy deputat nazoratida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-sonli qarori ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
Sog‘liqni saqlash sohasi doimiy komissiya muhokamasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 186-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jondor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassisi Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida mazkur yo‘nalishda bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Muhokama davomida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bolalar sog‘ligini muhofaza etish va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli tavsiyalar va qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5