Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Mirzaqulov tumandagi Fitrat mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuv davomida muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimi o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, shifokor va hamshiralarning ish sharoitlari ham muhokama qilindi.