Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
янв.21
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar va suv xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qaror ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Farg‘ona tuman hududidagi 42-sonli umumta’lim maktabida partiyaning “Ta’limda korrupsiyaga yo‘l bermaymiz” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Farg‘ona tuman hududidagi 42-sonli umumta’lim maktabida partiyaning “Ta’limda korrupsiyaga yo‘l bermaymiz” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

🔹Davra suhbatida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova F.Mirzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimov, maktab ma’muriyati va maktabning yuqori sinf o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdilar. 

🔹Unda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman deputati O.Dadajonova:  

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun eng katta to‘siqdir. Sohalar rivojlanmaydi, toki unda “Korrupsiya” deb atalgan noqonunniy illat bo‘lsa, har bir mustaqil fikrlashga ega bo‘lgan fuqaro o‘z faoliyatida adolatli va shaffoflik bilan yondashsa, ta’lim tizimida esa yoshlarga ta’lim – tarbiya berishdagi sharafli kasbiga dog‘ tushirmasdan ish olib borishi zarurligini, zero, ta’limda korrupsiyani to‘laqonli yo‘q bo‘lishida har birimizning ishtirokimiz muhim ekanligini aytib, Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro mukofotni topshirish marosimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir” deya ta’kidlab, yoshlarni ta’limda korrupsiyaga yo‘l bermaslikka chaqirdi. 

Slide 1 of 3