Bugun 6-noyabr kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida:
🔹Boʻstonliq tumanida 2025-yilning yetti oyi davomida mahalliy hokimlik va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatlari to‘g‘risida;
🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari tomonidan tuman hokimligi va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlariga 2025-yilning o‘n oyi davomida yuborilgan deputat so‘rovlari hamda ularning ko‘rib chiqilish tahlillari to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlari eshitildi.
🔹Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.