“Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida.
Joriy yilning 6-noyabr kuni О‘zbekiston XDP Sho’rchi tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari
tuman kengashi deputati B. Rajabov tashabbusi bilan tumandagi 3-sonli politexnikumida “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda tuman partiya Kengashi raisi, deputat B. Rajabov tomonidan mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarning ijtimoiy hayotdagi о‘rni va mas’uliyati,
partiyaning dasturiy maqsadlari hamda partiya safidagi yoshlarning erishayotgan yutuqlari tо‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Suhbat jarayonida o’quvchi yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, amaliy tavsiyalar oldilar.