✅Joriy yilning 6-noyabr kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga O‘zbekiston XDPdan 12-Toshkesar saylov okrugiga saylangan deputat Mashrabayeva Xilola Xudoyberdiyevna, O‘zbekiston XDP Marg‘ilon shahar tashkiloti raisi Muhammadjon Mirzayev hamkorligida "Tuyagum" va "Toshkesar" mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
✅Shuningdek, mahalla hududdagi tashkilot va muassasalarga tashrif buyurib, joylardagi muammolarni o‘rganib, ularning yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatdi.
✅Deputatlar Marg‘ilon shahridagi 6-30-33-umumta’lim maktablarining 2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi.