Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodiqova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Qodirov o‘z saylov okrugidagi Yakkatol mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi masalalarini nazorat tartibida o‘rgandi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
Payshanba – “Yoshlar bilan uchrashuv” kuni
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA IJRO NAZORATDA
янв.21
Yoshlar bandligi masalasi nazorat tartibida o‘rganildi
янв.21
Payshanba — yoshlar ovoziga e’tibor kuni
янв.21
Payshanba — yoshlar bilan muloqot va kelajakka ishonch kuni
янв.21
Payshanba — yoshlar ovozi eshitiladigan kun
янв.21
Tomorqalarga suv chiqarish va bandlikni ta’minlash ishlari nazoratda
O‘rganish ishlari amalga oshirildi

 O‘rganish ishlari amalga oshirildi 

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi deputatlari D.R.Mamadjanova, Sh.A.Axmedovlar Quva tumaniga tashrif
uyushtirib, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda
tumandagi bir qator ijtimoiy soha ob’ektlarida o‘rganish ishlarini olib
bordilar.
 

Tashrifning ilk manzili
sifatida Ittifoq mahalla fuqarolar yig‘ini tanlandi. Bu yerda deputatlar
mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, fuqarolarni qiziqtirgan
savollarga javoblar berdilar. Shuningdek, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyati
yuzasidan atroflicha axborot berdilar. Muloqot davomida aholiga yaratilayotgan
imkoniyatlar, yangi tashabbuslar hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida
ma’lumotlar taqdim etildi.
 

Shu bilan birga hududagi
15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari
o‘rganildi. Yangidan bapo etilgan 330-o‘rinli maktabning qo‘shimcha binosini
sinf xonalari bolalarni qabul qilishga tayyor holatga keltirilgani qayd etildi.
 

Shuningdek, deputatlar
tomonidan tumanidagi Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xomiylik
asosida qaytadan qurilayotgan 13-son oilaviy poliklinika, O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-454-son Qarori ijrosi doirasida hududagi 26-son maktabgacha
ta’lim tashkilotining 120 o‘ringa mo‘ljallanib qurilayotganiga yangi binosini
qurilish ishlarini, mahalla hududida yoshlarga ajratib berilgan ekin yer
madonlaridagi gulchilik kooperatsiyasi faoliyati o‘rganildi.
 

Tashrif davomida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 maydagi 171-son qaroriga muvofiq
Quva tumanida aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib etish bo‘yicha tumandagi “Omad Shifo” klinikasidagi kunduzgi
qatnov asosida yoshi keksa, yordamga muhtoj, nogironligi bor shaxslarni qarab
turish xizmati, nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan maxsus maktabgacha
ta’lim muassasasi o‘rganildi.
  

Slide 1 of 8