Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosi doirasida Bo‘ston tumanida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Shukronalik va ezgu ishlar ruhida!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.
янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
Tozalik va ozodalik – farovon hayot garovi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 22-saylov okrugi deputati Xusniya Raxmonova tomonidan mahallalarda hamda ta’lim muassasalarida tozalik va ozodalik masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Uchrashuvlar davomida deputat hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni toza saqlash va chiqindilarni to‘g‘ri tashlash madaniyatini oshirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolardan har bir kishi o‘z uyi, mahallasi va ish joyida ozodalikni saqlashga mas’ul ekanligini eslatib o‘tdi.

Deputat Хusniya Raxmonova ta’lim muassasalarida ham bo‘lib, o‘qituvchilar va texnik xodimlar bilan uchrashdi. U o‘quv maskanlarida tozalikni ta’minlash, gigiyena qoidalariga amal qilish hamda o‘quvchilarga bu borada ibrat ko‘rsatish muhimligini tushuntirdi.

Mazkur targ‘ibot ishlari aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tumanimizda ozodalik va obodonlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 4