Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF–17-son Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 23 sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi murojaati e’tiborsiz qolmaydi!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Bog‘i eram” saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Murojaat bor joyda yechim ham bor!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–49-sonli qarori ijrosi doirasida Bo‘ston tumanida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Shukronalik va ezgu ishlar ruhida!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.
янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bu sana har bir yurtdoshimiz uchun faxr va iftixor manbai, o‘zligimizni, milliy g‘ururimizni tarannum etuvchi bayramdir.

O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 21 oktyabrda qabul qilgan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga binoan, 21 oktyabr tarixiy sanasi – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilandi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Feruza Salomova TDTU Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Bu haqda so‘z borganda, Prezidentimizning 2020 yil 20 oktyabrda imzolangan «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni alohida e’tiborga sazovorligini ta’kidlash lozim. Mazkur hujjatda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga doir istiqboldagi vazifalar ko‘zda tutilgan.

Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni – mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni – ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz zarur!

Slide 1 of 2