Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Kengash raisi — M.Tuychiyeva olib bordi.
янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
янв.21
🌱🚜 Bo‘ston tumanida paxta parvarishi ishlari o‘rganildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan saylov okrugi hududida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Bekobod tumanida Tashabbusli budjet jarayonlari yuzasidan ishchi komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 2-mavsumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” (http://openbudget.uz/)portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni baholash, tanlab olish va saralash jarayonlarini amalga oshirish maqsadida tuman hokimligida tuman ishchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2025-yil 2-mavsumida fuqarolar tomonidan portal orqali ilgari surilgan tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ishchi komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida loyihalarni baholash, eng dolzarb va aholi ehtiyojlariga mos bo‘lganlarini tanlab olish hamda keyingi bosqichga yo‘naltirish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Komissiya a’zolari jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligi, ijtimoiy foydasi va amalga oshirish imkoniyatlarini batafsil tahlil qilib, belgilangan talab va mezonlarga javob beradigan loyihalar keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Slide 1 of 4