Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
янв.21
🌱🚜 Bo‘ston tumanida paxta parvarishi ishlari o‘rganildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan saylov okrugi hududida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi 4-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Shoxruh Qudratov Chashma mahallasidagi saylovchilar Bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyatidagi 4-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Shoxruh Qudratov Samarqand shahar “Chashma”mahallasida bo‘lib, mahalladagi olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda  mahallada aholi soni 1957 ta, xonodonlar soni esa 280 tani tashkil qiladi. 

Uchrashuv davomida Chashma mahallasi fuqarosi Davlat Mansurov nogironligini inobatga olib, qayta tekshiruvlar orqali guruh darajasini o‘zgartirishda amaliy yordam so‘radi.

Mazkur mahalladagi 7 ta ko‘chaning  sim yog‘och ustunlarni biton ustunlarga almashtirishda va Termiziy ko‘chasi 138 uyda yashovchi Sharofat Rofiyeva ko‘krak sarotoni bo‘yicha jarrohlik operatsiyasini o‘tkazib, hozirda protez qo‘yishda yordam berilishi so‘ralgan.

Shuningdek, Mavluda Saidovaning qulog‘i eshitmasligi qayd etilib, eshitish moslamasini olishda amaliy yordam so‘ragan.

Ushbu ko‘tarilgan masalalar yuzasidan deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Slide 1 of 3