Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
янв.21
🌱🚜 Bo‘ston tumanida paxta parvarishi ishlari o‘rganildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan saylov okrugi hududida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish — ustuvor vazifa: deputat Shoxrux Qudratov “Registon” mahallasida saylovchilarda axborot berdi

 Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Shoxrux Qudratov tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan “Registon” mahallasida mahallaning yettilik a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi, saylovchilar bilan suhbatlar olib borildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi 

 "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari vа senatorlarning "mahalla yettiligi" bilan о'zarо hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi KQ-35-IV sonli qarori ijrosi bo‘yicha fikrlar bildirildi va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha deputat tomonidan takliflar bildirildi.

 

Mazkur Qarorning maqsadi — mahalladagi haqiqiy muammolarga yechim topish va mavjud muammolarni aniqlash, ularga tegishli davlat organlari va mahalliy kengashlar orqali tezkor va manzilli yechim topishni yo‘lga qo‘yishdir. 

Bu jarayonda mahalla yettiligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular fuqarolarning turli qatlamlari — yoshlar, xotin-qizlar, ishsizlar, keksalar va nogironlarning muammolarini joyida o‘rganish va yechim topishda asosiy vositachi hisoblanadi.

Mahalla yettiligi tarkibiga mahalla raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, fuqarolar yig‘in kotibi, ijtimoiy soha vakillari, tadbirkorlar kabi faollar kiradi.

Uchrashuvdagi ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahallada quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

-Aholi bandligini ta’minlash: ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik muammosi borligi qayd etildi. Ushbu yo‘nalishda tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish masalalari muhokama qilindi.

-Infratuzilma muammolari: ichki yo‘llar holati, ko‘cha yoritish tizimlarining yetarli emasligi va obodonlashtirish ishlariga ehtiyoj borligi bildirildi.

-Ijtimoiy himoya va ehtiyojmand oilalar: ehtiyojmand, keksalar va nogironligi bor shaxslarga muntazam yordam ko‘rsatishdagi bo‘shliqlar tahlil qilindi.

-Jinoyatchilik va profilaktika: profilaktika inspektori bilan hamkorlikda hududda jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni kamaytirish bo‘yicha choralar muhokama qilindi.

Deputat Shoxrux Qudratov uchrashuv yakunida mahalla yettiligi a’zolariga quyidagi muhim takliflarini bildirdi.

Jumladan: Manzilli ish rejasi ishlab chiqish – mahallaning har bir sektori bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tuzish va ular orqali muammolarni aniqlash;

Aholi bilan muloqotni kengaytirish – xonadonbay yurish, ijtimoiy so‘rovlar orqali aholining real ehtiyojlarini aniqlash;

Yoshlar va xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor – ularni kasb-hunarga o‘qitish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.

Slide 1 of 2