Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonchli qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati N.Ko‘ziyeva tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati qabul qilindi.
янв.21
🏅 Yoshlar o‘rtasida sport — sog‘lom hayot va birdamlik timsoli!
янв.21
🌸 Iste’dodli qizlar — jamiyat kelajagining yorqin namoyandasi!
янв.21
📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!
янв.21
💬 Inson qadri — e’tibor va amaliy yordamda!
янв.21
🌱🚜 Bo‘ston tumanida paxta parvarishi ishlari o‘rganildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan saylov okrugi hududida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi!
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Samarqand viloyati mahalliy budjetining 2024-yildagi ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risidagi masala yuzasidan Hisob palatasi mas’ul xodimi N.Ikromov so‘zga chiqdi.

2024-yilda viloyatda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 19,9 foizga bajarilgan, Kattaqo‘rg‘on shahar, Jomboy va Qo‘shrabot tumanlaridan tashqari qolgan hududlar bo‘yicha reja bajarilmagan. 

Aylanmadan olinadigan soliq 1,5 foizga bajarilmagan. Qo‘shrabot, Narpay, Past Darg‘om, Paxtachi va Samarqand tumanlaridan tashqari qolgan hududlar bo‘yicha reja uddalanmagan.

Viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zokir Qayumovning “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi yuzasidan hisobotida keltirilishicha, Samarqandda joriy yilning 4 oyida umumiy sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 taga (235/269), o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 6 taga (77/83), tan jarohati bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 69 taga (173/242) oshgan.

135 ta YTHda piyodalar urib yuborilgan.

Bulung‘ur tumanini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, tumandagi Bulung‘ur shoh, Fozil Yo‘ldosh hamda Mustaqillik ko‘chasi 24/7 rejimda tunu kun ishlaydigan ko‘chaga aylantiriladi.

Bulung‘ur kanali bo‘yida 25,1 gektar yer maydonida aholi uchun zamonaviy dam olish maskanlari tashkil etiladi.

Tuman markazidagi Guliston va Bulung‘ur mahallalarida renovatsiya dasturi asosida 7 ta 2 qavatli, 1 ta 3 qavatli, 90 ta yakka tartibdagi turar hamda 17 ta noturar joylar o‘rnida 22 ta (1320 xonadonli) zamonaviy, energiya tejamkor ko‘p qavatli uylar quriladi.

alq deputatlari viloyat Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi o‘tkazildi. 

Sessiya ishini Kengash raisi Sh.Negmatov boshqardi.

Slide 1 of 3