Xalq deputatlari tuman Kengashini hududlardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov, tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanini “Payariq hayoti” gazetasi muharriri A. Tavboev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Anjumanda J.Axunov kun tartibidagi masala yuzasidan axborot berdi.
Deputatlarning aholi bilan samarali muloqot olib borishi, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etishi, murojaatlarni ko‘rib chiqishi, qonun, qaror va dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borishiga qulaylik yaratish maqsadida doimiy asosda ishlovchi Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati 2021 yil 23 yanvaridan o‘z ish faoliyatini boshlagan. Kotibiyat tuman Kengashi faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy ta’minlash; tuman Kengashi, uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishga ko‘maklashish; mahalliy ijro hokimiyati, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlari va mansabdor shaxslarining hisobotlari (axborotlari) eshituvini tashkil qilishga ko‘maklashish; tuman Kengashida o‘tkazilishi
mo‘ljallangan tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlash, tuman Kengashi raisining topshirig‘iga binoan va doimiy komissiyalarning takliflari asosida sessiya kun tartibi loyihasini shakllantirish hamda ushbu hujjatlarni tayyorlash, tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalari muhokamasiga kiritiladigan masalalar yuzasidan materiallar va takliflar tayyorlanishiga ko‘maklashish, Kotibiyat mahalliy Kengashning har bir deputatini doimiy ravishda zarur axborotlar, tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlab borish; Mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining qonun va qonun osti hujjatlarida belgilangan masalalar bo‘yicha hisobot va axborotlari eshituvini tashkil qilishda doimiy komissiyalarga ko‘maklashish; tuman Kengashi
raisi topshirig‘iga binoan tuman Kengashi vakolatiga taalluqli huquqiy masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlanishini tashkil etish, tuman Kengashi
va uning doimiy komissiyalari qarorlari loyihalarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek yuridik texnika talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqish, mazkur hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, normativ-huquqiy tusga ega qarorlarning mahalliy Kengash muhokamasiga kiritilishidan oldin tuman adliya bo‘limida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil qilish kabi asosiy vazifalari amalga oshiradi.
Doimiy ravishda sessiyalarda aholini qiynab kelayotgan muammolar muhokama qilinib tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ushbu chora-tadbirlarning ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tomonidan ta’minlanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish
choralari ko‘rilmoqda.
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 30 ta saylov okrugi mavjud bo‘lib, bugungi kunda 30 nafar deputat tuman Kengashida faoliyat olib bormoqda.
2024 yil davomida Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashini hamda doimiy komissiyalarini yarim yillik ish rejasi ishlab chiqilgan.
Deputatlarimiz tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqgan holda aholi bilan uchrashib bartaraf qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman Kengashi kotibiyati tomonidan 2024 yilda ham deputatlarning o‘z okruglarida sayyor qabullar o‘tkazish bo‘yicha reja-jadvallar ishlab chiqish va nazoratga olish belgilab olingan.
Xalq deputatlari tuman Kengashi, oldingidek nomiga uchungina ishlaydigan, (nomi boru, o‘zi yo‘qdek) emas, bugungi kunga kelib doimiy harakatdagi rivojlanib borayotgan nazorat organiga aylanmoqda.
Deputatlar tomonidan 2024 yilda brifing va matbuot anjumanlarini o‘tkazish reja-grafik asosida tashkil etilgan bo‘lib o‘z navbatida deputatlarning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.
deputatlarni mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini
oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyati oshib borayotganligi bugungi kunda sir emas.
O‘tkazilinayotgan sessiyalarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarda belgilanayotgan vazifalar ustidan deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalari alohida aks ettirilib, ijrochilarning hisobdor ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.
Bu esa, deputatlardan har doimgidan ham faol va samarali faoliyat yuritishni, o‘z ustida doimiy ishlash zarurligini, qonunchilikdagi yangilardan doimiy xabardor bo‘lib turish lozimligini talab qilmoqda.
Tumanimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda tuman Kengashi deputatlari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish asosiy vazifalarimizdan biridir.
Shuningdek, matbuot anjumanida Axborot siyosati va maxalliy davlat orgonlarida ochiqlikni taminlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
raisi Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi deputatlari D.Mamasolieva, S.Qosimova, D.Zokirova, va boshqalar ham Kengashning o‘tgan yillardagi faoliyati, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida o‘z fikrlarini bildirishdi.