Yangiliklar

🏠 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLAR MANZILLI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova tomonidan Bunyodkor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlarning ijtimoiy-maishiy sharoiti va mavjud muammolari manzilli o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida xonadonlarning ehtiyojlari, mavjud muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
🤝 Fuqarolar murojaatlari va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish.