🏛 Korrupsiya va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiya va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda **“Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”**gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi 561-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi.
📌 Muhokama davomida fuqarolar vakillari faoliyatini tashkil etish, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, hududlarda fuqarolar manfaatlarini ifodalashdagi ishtiroki hamda belgilangan vazifalarning amaliyotdagi holatiga e’tibor qaratildi.
🔎 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish va faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📊 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.