Yangiliklar

🏘️ AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILMOQDA

📍 Yangiobod mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Yangiobod mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita muloqot qilgan holda mavjud muammolar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
— fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi;
— hududdagi ijtimoiy-maishiy muammolar o‘rganildi;
— obodonlashtirish, infratuzilma va kommunal sohalarga oid masalalar ko‘zdan kechirildi;
— aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar belgilandi.
🤝 Maqsad — aholi muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlash.