Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlarda manzilli o‘rganish ishlari tashkil etilmoqda.
🔎 O‘rganish jarayonida oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari, mavjud muammolari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘maklardan foydalanish holati atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎯 Asosiy maqsad: har bir oilaning muammosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ehtiyojlarni aniqlash va ijtimoiy ko‘makning manzilli hamda samarali bo‘lishini ta’minlash.