#deputat_nazorati
#deputat_va_yoshlar
INNO MARKAZ FAOLIYATI VA YANGI TO‘GARAKLAR ISHI TAHLIL QILINDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova, deputat A.Isaqulov tuman hokimining o‘rinbosari O.Otajonova bilan birgalikda tumandagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yaqinda yo‘lga qo‘yilgan yangi to‘garaklarning faoliyati, ularga yoshlarni keng jalb etish va mashg‘ulotlarni mazmunli tashkil etish masalalari tahlil qilindi.
Yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yangi yo‘nalishlarga qiziqishini oshirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.