Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lanishi masalasi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lanishi masalasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida umumta’lim maktablari xodimlariga 2026-yilda bir martalik mukofot pullari to‘langanligi, biroq MTT xodimlariga bunday to‘lov amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovi yo‘llanib, mazkur to‘lovning huquqiy asosi, mablag‘ manbasi hamda MTT xodimlariga tatbiq etilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot so‘raldi.