Yangiliklar

Yoshlar va deputat uchrashuvi

Yoshlar va deputat uchrashuvi
Yoshlarning fikr va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘quvchilar, yoshlar yetakchisi va tuman Kengashi deputati X.Saidova ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirayotgan masalalar, ta’lim va kasb-hunar egallash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashabbuslar haqida fikr almashildi.
💬 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar.
🌱 Bunday samimiy va ochiq muloqotlar yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kelajakdagi maqsadlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar — yurtimiz kelajagi!

Slide 1 of 3