27-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
A. Nurmatov tomonidan 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda uning hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muassasaning umumiy holati, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, mavjud infratuzilmaning holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududni yanada tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlarini davom ettirish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,
O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari o‘rganildi.