Yangiliklar

FUQAROLAR TASHABBUSI — AMALIY QADAMLAR BILAN QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

FUQAROLAR TASHABBUSI — AMALIY QADAMLAR BILAN QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-116-7-101-K/26-son qarori bilan 2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi hisobidan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish masalasi belgilandi.

📌 Qaror O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasi, shuningdek, budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida qabul qilindi.

🔹 II chorak yakunlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘larni belgilangan takliflarga muvofiq yo‘naltirish ma’qullandi.

🔹 Ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri, maqsadli va samarali foydalanish, belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirish hamda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga vazifalar yuklatildi.