Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgani qayd
etildi. "Ma’rifat karvoni" o‘quv seminari davomida Prezidentimiz nutqida belgilangan strategik vazifalarni aholiga sodda, xalqchil va hayotiy misollar asosida tushuntirish, islohotlarning inson hayotidagi amaliy ahamiyatini ochib berish va jamiyatda daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi.
Seminarda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi S.Akbarov va kotibiyat bosh mutaxassisi S.Nabiyev ishtirok etdi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇 🇺🇿 Xalq
deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi