35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#162_ta_qonun
🎼 Bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 13-“Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati N.Saidova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🎨 Tashrif davomida musiqa va san’at yo‘nalishlariga qiziqishi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi, mashg‘ulot xonalari hamda mavjud musiqa asboblari holati bilan yaqindan tanishildi.

📚 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qarorida belgilangan vazifalarning maktab faoliyatiga tatbiq etilishi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida o‘quvchilarni maktabga qabul qilish tartibi, ta’lim jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi, o‘quvchilarning musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

👩‍🎨 Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda maktab faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

📝 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5