👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Eshon qal’a mahallasining Zumrad ko‘chasi, 18-uyda yashovchi A.Z. oilasining holati joyiga chiqib o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaroga uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 20 million 600 ming so‘m mablag‘ ajratilgani hamda ushbu mablag‘dan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘rganish ishlari mahalla ijtimoiy xodimi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
📌 Ajratilgan mablag‘ning belgilangan maqsadga muvofiq sarflanishi hamda oilaning uy-joy sharoitini yaxshilashga yo‘naltirilganligi joyiga chiqib o‘rganildi.