35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📚 “TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI YUZASIDAN ISHLAR O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan deputatning o‘z saylov okrugida joylashgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📖 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-637-son talablari ijrosi, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilindi.
🔎 Shuningdek, maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olishi uchun qulay muhit yaratish hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2