35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📢 FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI BO‘YICHA QONUN IJROSI TO’G’RISIDA

📢 FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI BO‘YICHA QONUN IJROSI TO’G’RISIDA

Novqa mahalla fuqarolar yig‘inida aholining huquqiy va ijtimoiy bilimini oshirish maqsadida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi to’g’risida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda tuman Kengashi deputati X. Saidova hamda tuman pensiya ta’minoti bosh mutaxassisi ishtirok etib, fuqarolarga pensiya ta’minoti sohasidagi qonunchilik normalari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida fuqarolarning davlat pensiyasi bilan ta’minlanish huquqi, pensiya tayinlash shartlari va tartibi, ish stajining ahamiyati, pensiyani hisoblash va qayta hisoblash masalalari tushuntirildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat pensiyalarining:
yoshga doir pensiya,nogironlik pensiyasi,boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi kabi turlari mavjudligi haqida ma’lumotlar berildi.

Slide 1 of 3