35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda

📌 Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Amanov, tuman hokimligi kotibiyatidan F. Zaripov hamda tuman kadastrlar palatasi xodimi ishtirokida “Oyqor” QFY fuqarolarining murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aholini qiynayotgan yer-joy, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, chegaradosh hududlar daxlsizligi hamda ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq muammolar atroflicha tahlil qilindi.
Uchrashuvda ko‘tarilgan muammolarning muayyan qismi mutaxassislar ishtirokida huquqiy yechim topgan bo‘lsa, vaqt talab etadigan murakkab masalalar qat’iy nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3