35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI VA IJTIMOIY MASALALAR DEPUTATLAR NAZORATIGA OLINDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️FUQAROLAR MUROJAATLARI VA IJTIMOIY MASALALAR DEPUTATLAR NAZORATIGA OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Mirobod tumanidagi “Parvona” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdi. Muloqot davomida hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi bandligi, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari atroflicha o‘rganildi.

🔺 Bugungi kunda qariyb 3 200 nafar aholi istiqomat qiladigan “Parvona” mahallasi kriminogen vaziyat bo‘yicha “yashil” toifaga kiradi. Mahalla raisi X.A. Rizmetov va faollar bilan hududdagi profilaktik ishlar, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini manzilli o‘rganish hamda mahalla tizimi orqali ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligi muhokama qilindi.

📁 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Hududdagi 12-son bolalar musiqa maktabi bilan hamkorlikda yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashilmoqda. Yozgi ta’til davrida esa yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi ishtirokida shaxmat, shashka, stol tennisi va futbol bo‘yicha mahallalararo musobaqalar tashkil etilgan.

📉 Mahallada ijtimoiy reyestrga kiritilgan 7 ta oila hamda I guruh nogironligi bo‘lgan 4 nafar fuqaro bilan manzilli ish olib borilmoqda. Shuningdek, 2026-yilda jazoni o‘tab qaytgan ikki nafar fuqaroning jamiyatga moslashuvi va bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

💡 “Ayollar daftari”ga 120 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ulardan 89 nafarini biriktirilgan oilaviy poliklinika va “Dori-Darmon” dorixonasi bilan hamkorlikda zarur bepul dori vositalari bilan ta’minlash masalasi hal etilgan.

💼 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi natijalar ham ko‘rib chiqildi. Joriy yilda “Ayollar daftari”dagi uch nafar xotin-qizga kichik biznesini yo‘lga qo‘yish uchun 10 million so‘mdan kredit ajratilib, natijada qandolat sexi va ikkita tikuvchilik ustaxonasi tashkil etilgan.

🏠 Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham manzilli choralar ko‘rilgan. Joriy yilda ikki oilaga turmush sharoitini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlash va kundalik ehtiyojlarini ta’minlash yo‘nalishlarida ko‘mak berilgan. Mustaqillik bayrami munosabati bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligiga ham e’tibor qaratilgan.

📋 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolardan biri Qo‘yliq-1 massividagi 66A, 66B va 66V-sonli ko‘p qavatli uylar hovlisini obodonlashtirish masalasi bo‘ldi. Sevara Fayziyeva va deputatlar BSK vakillari bilan birgalikda hududga chiqib, mavjud holatni bevosita o‘rgandi.

🗣 2021-yilda foydalanishga topshirilgan mazkur uylar atrofida bolalar va sport maydonchalari, jumladan, workout hududini to‘liq jihozlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, aholining bildirishicha, zarur infratuzilmaning taxminan 30 foizigina bajarilgan. Mavjud konstruksiyalarning ayrimlari vaqt o‘tishi bilan yaroqsiz holga kelgani va xavfsiz foydalanish talablariga javob bermayotgani qayd etildi.

⬇️ Mahalla mazkur masalani “Tashabbusli budjet”ning ikkinchi bosqichiga ham olib chiqqan, biroq loyiha yetarli ovoz to‘play olmagan. Shu bois zamonaviy bolalar o‘yingohi va sport maydonchasini tashkil etish masalasi hozirga qadar to‘liq yechim topmagan.

🔄 Fuqarolar bilan muloqotda masalani qonuniy tartibda ilgari surish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Jumladan, mavjud hujjatlar, loyiha materiallari, hududning bugungi holatini aks ettiruvchi fotosuratlar va aholi imzolarini jamlagan holda jamoaviy murojaat tayyorlab, tuman prokuraturasi, Mirobod tumani hokimligi hamda Xalq qabulxonasiga murojaat qilish tavsiya etildi.

✅ Sevara Fayziyeva fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda deputatlik nazorati doirasida davom ettirish muhimligini qayd etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10