“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi — deputat nazoratida
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Azimova G. tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va ularning muammolarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
🤝Uchrashuvlar davomida xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, muammoli vaziyatlarga barvaqt aralashish hamda zarur ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish va qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.