35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 7-SENTABRDAN 11-SENTABRGACHA MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI TAQSIMOTI

📅 7-sentabr
👤 Deputat: Yo‘ldoshova Oyimjon Kurvonnozarovna
👨‍💼 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova
🏘 Royat mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda mahalla infratuzilmasi holatini o‘rganish.
📑 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish.
🚶‍♀️ Saylov okrugiga kiruvchi Royat va Mevazor mahallalarida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
⚖️ Doimiy komissiyalarning 19¹-moddasi bo‘yicha o‘z tashabbusi bilan o‘rganish o‘tkazish.
📚 O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazish.
🤝 Deputatga biriktirilgan Shovot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazish.
📅 8-sentabr
👤 Deputat: Dosova Gulxumar Kuranbayevna
👨‍💼 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ruzmetov
🏘 Paxtakor va Istiqbol mahallalarida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish masalasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
🚶‍♀️ Paxtakor va Istiqbol mahallalarida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
⚖️ Doimiy komissiyalarning 19¹-moddasi bo‘yicha o‘z tashabbusi bilan o‘rganish o‘tkazish.
💰 O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi Budjet kodeksi to‘g‘risidagi O‘RQ-360-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazish.
🤝 Deputatga biriktirilgan Shovot tumani Moliya bo‘limi bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazish.
📅 9-sentabr
👤 Deputat: Sadullayev Oybek Yusubbayevich
👨‍💼 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova
🛣 Ogohiy mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarning tunda yoritilishi va mahalla infratuzilmasi holatini o‘rganish.
📑 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish.
🚶‍♂️ Saylov okrugiga kiruvchi Ogohiy mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
⚖️ Doimiy komissiyalarning 19¹-moddasi bo‘yicha o‘z tashabbusi bilan o‘rganish o‘tkazish.
🌾 O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-680-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazish.
🤝 Deputatga biriktirilgan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazish.
📅 10-sentabr
👤 Deputat: Masharipov Izzat Masharipovich
🏘 Qo‘shko‘pir mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish masalasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
🚶‍♂️ Saylov okrugiga kiruvchi Qo‘shko‘pir va Gulshan mahallalarida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
⚖️ Doimiy komissiyalarning 19¹-moddasi bo‘yicha o‘z tashabbusi bilan o‘rganish o‘tkazish.
🏗 Dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni joyida o‘rganish.
💰 Mas’ullar bilan hamkorlikda Kengash qarori asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini o‘rganish.
📅 11-sentabr
👤 Deputat: Shodonova Dilorom Qadamovna
👨‍💼 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ruzmetov
⚽️ Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablarining sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari mavjudligi va jihozlarining holatini o‘rganish.
📑 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish.
🚶‍♀️ Saylov okrugiga kiruvchi Arbek va Eshanqal’a mahallalarida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganish.
📚 O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazish.
🤝 Deputatga biriktirilgan Shovot tumani 1-son politexnikumi bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazish.
📅 12-sentabr
📊 Haftalik ish rejasining bajarilishini monitoring qilish va hafta ish rejasi sarhisobini o‘tkazish.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram