35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI

2026-yil 8-sentyabr kuni soat 10-00 da Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tadi.

🔺Sessiya kun tartibida quyidagi masala koʻrib chiqiladi:

✅Bo‘stonliq tumanida 2026-yil ikkinchi mavsum “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining hisoboti tinglanadi;

✅Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2023-yil 20-iyuldagi “Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-89-88-10-136-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish haqidagi masala muhokama qilinadi.

Slide 1 of 1