🛒 Savdo do‘konlaridagi mahsulotlar narxi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Axmedov tomonidan “Yangi hayot” mahallasi hududida joylashgan savdo do‘konlarida aholi kundalik iste’moli uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning narx-navosi o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida asosiy oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining amaldagi narxlari, ularning aholiga maqbul narxlarda taklif etilayotgani hamda savdo jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
🔎 Shuningdek, deputatlar tomonidan aholi uchun zarur mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishining oldini olish, savdo qoidalariga rioya etish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.