35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammolar yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi

🫥Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, tuman hokimi Usmon Alimov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🫥 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi.
🫥 Jumladan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani yaxshilash, moddiy yordam, uy-joy, yer hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🫥 Har bir murojaat mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🫥 Ayrim murojaatlar qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar alohida nazoratga olinib, ijroga yo‘naltirildi.

📌 Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masalalardir. Har bir murojaat ortida inson taqdiri va uning qonuniy manfaatlari turadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4