Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Allanov tuman Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda 60-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
✅ O‘rganish davomida maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, sinfxonalarning jihozlanishi, ta’lim jarayoniga tayyorgarlik holati hamda maktabning yangi o‘quv yilini munosib kutib olish borasidagi ishlari bilan tanishildi.
✅ Mas’ullarga aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.