35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Muqimiy” okrugi deputati X.Ibragimova tomonidan “Navro‘z” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Ushbu hududni “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda “qizil” toifadan chiqarish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. O‘rganish jarayonida mahallada
jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va oldini olish, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, hududda sodir etilgan 3 ta jinoyat holati atroflicha o‘rganilib, ularning kelib chiqish
sabablari va shart-sharoitlari tahlil qilindi. O‘rganish yakunida jinoyatlarning takroran sodir etilishining oldini olish, muammoli oilalar va profilaktik nazoratdagi fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 2