Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 33-sessiyasida sessiya kotibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
11-A.Navoiy saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Mardanova Dilfuza Abduxalilovnani sessiya kotibi etib saylash taklifi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
🗳 Ovoz berish jarayonida qarshilar — yo‘q, betaraflar — yo‘q.
Shu tariqa, Mardanova Dilfuza Abduxalilovna sessiya kotibi etib saylandi va o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.