35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#deputat_daftari

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi 2-Qo‘rg‘oncha saylov okrugi deputati Kamola Qosimova, tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sh. G‘afforov hamda tuman Kadastr bo‘limi va Majburiy ijro byurosi mas’ullari ishtirokida Qo‘rg‘oncha mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Islomov Shuxratning uy-joyini kadastrdan o‘tkazish va e’tirof etish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish natijalari deputatning “Deputat daftari”ga qayd etib olindi.

Mazkur masalani amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda fuqaroning murojaatini ijobiy hal qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3